Ру O`z En

Yangiliklar

"Kimyogar" sport va madaniyat majmuasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi

Joriy yilning 3-4-mart kunlari "Kimyogar" sport va madaniyat majmuasida "Nafosat va vafo ramzisan ayol" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Ushbu tadbir sex xodimlarining o'zaro bellashuvi ishtirokida o'tkazilib,ular 3 ta shart bo'yicha bellashdilar.1-shartda buyuk allomalarimiz,shoirlarimiz,taniqli xonandalar ijodidan namunalar bo'lsa, 2-shartda "Yangi O'zbekiston mening tasavvurimda" mavzusida videolavha, sahna ko'rinishi va she'riy chiqishlar hamda 3-shartda "Ayollarimizning jamiyatdagi o'rni" mavzusidagi chiqishlar hakamlar tomonidan baholab borildi. Tadbir yakunida g'oliblar aniqlanib, korxona kasaba uyushmasining diplom va esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech