Komplayens xizmati tomonidan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi
“Ammofos-Maxam” АJning “Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash bo‘linmasi” xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, jamiyatning Komplayens xizmati tomonidan 2022-yil 14-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining hamda Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida profilaktik yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni va Boshqaruv raisining 2022-yil 1-avgust kunidagi 911-sonli buyrug‘iga asosan jamiyatda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati, Sovg‘alarni berish va olish, tadbirlarda ishtirok etish va tashkil etish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish va mehmondo‘stlik belgilari Siyosati, Ishga qabul qilishda nomzodlarni tekshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Shu bilan bir qatorda, Komplayens xizmati jamiyatning barcha hodimlari bilan ochiq muloqotni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, agar biron bir maslahat kerak bo'lsa tog‘ridan-to‘gri Komplayens xizmatiga murojaat qilish mumkinligini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Jamiyatning sanoat korxonasi xavfsizligini ta’minlash xizmati boshlig‘i so‘zga chiqib, komplayens xizmati tomonidan ta’kidlangan masalalarga qo‘shimcha qilib, xar bir idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimi korxonada o‘rnatilgan ichki tartib qoidalarga qat’iy amal qilishi, o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.