Ру O`z En

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining dastlabki bosqichi

Jamiyatda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi” standartini joriy qilish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda, dastlabki bosqichda, Jamiyatning 20 nafar rahbar va mas’ul xodimlari ISO 37001:2016 standarti bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qitilib, malakasi oshirilib, kurs yakuni bo‘yicha malaka imtixoni natijalariga asosan xalqaro standartdagi maxsus sertifikatga ega bo‘ldilar.

Jamiyat Boshqaruvi raisi ISO 37001:2016 standarti bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro standartdagi sertifikatlarni olgan barcha xodimlarni tabriklab, ularga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi. Boshqaruv raisi sertifikatlarni topshira turib, ushbu sohada bilim va konikmalarini oshirgan har bir raxbar xodim o‘z qo‘lostidagi xodimlarga o‘rnak bo‘lib, olingan nazariy va amaliy bilimlarini ularga etkazishi, hamda jamiytda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion xavflarni minimallashtirishda o‘z hissasini qo‘shishini so‘rab qoldi.

Taqdimot davomida komplayens xizmati tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati va aloqa kanallari yuzasidan tushuntirish berib o‘tildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech