Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Korrupsiya davlat va jamiyatning rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan salbiy illatlardan sanaladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Korrupsiya va boshqa nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida, Ammofos-Maksamning majlislar zalida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Boshqaruv raisining ijtimoiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D. Yusupov, Kompleans bo‘lim rahbari A.Abduboisxo‘jayev va Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Saparovlar ishtirok etdilar.
Ushbu davra suhbatini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, korxona xodimlari tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, bu jinoyatga birgalikda qarshi kurashish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda keng jamoatchilik rolini kuchaytirishdan iboratdir.