Korxonada davlat tilida ish yuritishni tizimli tashkil etish bo'yicha bir qator ishlar belgilab olingan
"Ammofos-Maxam" AJda joriy yil uchun O'zbekiston Respublikasi "Davlat tili haqida"gi Qonuni ijrosini ta'minlash, davlat tilida ish yuritishni tizimli tashkil etish bo'yicha bir qator ishlar belgilab olingan. Rejadagi mazkur vazifalar amaliyotini yo'lga qo'yishda qator amaliy ishlar tashkillashtirib kelinmoqda. Xususan, korxona ishchi-xodimlarining davlat tilida ish yuritish savodxonligini oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish, malaka oshirish markazi tomonidan 25 nafar mutaxassislar uchun "O'zbek adabiy tili me'yorlari, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo'yicha o'qitish va malaka oshirish" o'quv mashg'ulotlari yakunlanib, test sinovlari bo'lib o'tdi. Endilikda test sinovidan o'tish balini qo'lga kiritgan tinglovchilarga sertifikat topshiriladi.
Ma'lumot o'rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi kunga qadar mazkur yo'nalish bo'yicha 100 nafar korxona ishchi-xodimi o'qitilib, malakasi oshirilishiga erishildi.