Korxonaning eng yaxshi elektr ta’minotchisi aniqlandi
“Ammofos-Maxam” AJda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturini amalga oshirish va yosh mutaxassislarning qiziqishini oshirish maqsadida “Eng yaxshi yosh elektr ta’minotchi” tanlovi tashkil etildi. Bu tanlovda korxonaning turli bo‘lim va sexlarida faoliyat yuritayotgan yosh elektrchilar va tajribali mutaxassislar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘zlarining nazariy bilim va amaliy tajribalarini namoyish etishdi, natijalar esa hakamlar tomonidan baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Elektr ta’minoti sexidan kabel kavsharlovchi A. Nigmadjanov qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Elektr ta’minoti sexidan elektr montyor A. Turgunboyev egalladi, 3-o‘rin esa Ammofos 2 sexidan elektr chilangar J. Ernazarovga nasib etdi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot markazi