Korxonaning “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex”lari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!" g‘oyalariga tayanib, korxona tarkibiy bo‘linmalari va ishlab chiqarish sexlari o‘rtasida “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning asosiy maqsadi jamoa ichidagi sog‘lom muhitni yaratish, ma’naviyatni targ‘ib qilish va jismoniy hamda ma’naviy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tanlovda, ishlab chiqarish sexlarida ma’naviyat va madaniyatni yuksaltirish uchun turli sharoitlar yaratilganligi o‘rganildi. Jumladan, ma’naviyat xonalarida zamonaviy ko‘rgazmalar tashkil etish, kutubxonalar ochish, kitoblar, gazetalar, audio va video qo‘llanmalar bilan ta'minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Hakamlar hay'ati tomonidan tanlov natijalari e'lon qilindi:
1-o‘rin – Ta’mirlash qurilish montaj sexi
2-o‘rin – Kapital qurilish boshqarmasi
3-o‘rin – EFK-2 sexlari