Ру O`z En

Yangiliklar

Mahsulotlar saqlanishi va yetkazib berilishi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi

“Ammofos-Maxam” AJ Komplayens xizmati hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi iqtisodchisi va Ammofos-3 sexi xodimlari tomonidan jamiyat mahsulotlari saqlanayotgan vakolatli omborlarda doimiy monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanidagi “Kimyoagro-2020” MChJga qarashli vakolatli omborda mahsulotlarning joylashtirilishi, qabul qilinishi, saqlanishi va xaridorlarga yetkazib berilish holatlari o‘rganildi.

Jarayonda ombor xodimlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiya va firibgarlik harakatlariga qarshi kurashish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech