"O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" shiori ostida Samarqandga sayohat
Joriy yilning 20-21-avgust kunlari "Ammofos-Maxam" AJ rahbariyati va Kasaba uyushma qo'mitasi tashabbusi bilan ichki turizimni yanada rivojlantirish maqsadida uzoq yillar davomida mehnat qilib kelayotgan 50 nafar ishchi-xodimlar uchun vatanimizning qadimiy qadamjolarini ziyorat qilish tashkillashtirildi.
Tariximizni yanada chuqur anglash maqsadida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" shiori ostida sharq gavhari bo'lgan Samarqand shahri bo'ylab sayohat amalga oshirildi. Sayohat davomida ishchi -xodimlar madaniy hordiq chiqarib, bir olam taassurotlar bilan qaytib kelishdilar.