Ру O`z En

Yangiliklar

"Quvnoq startlar" musobaqasi ishtirokchilari mukofotlandi

"Ammofos-Maxam" AJ rahbariyati hamda kasaba uyushma qo'mitasi tashabbusi bilan ishchi-xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, ularni sportga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida 2023-yil 21-22-fevral kunlari "Kimyogar" madaniyat va sport majmuasida "Quvnoq startlar" musobaqasi tashkillashtirilgan edi.

Musobaqa ishtirokchilari turnikda tortinish, xalqaga topni tushurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, brusda chiqib tushush va arqon tortish kabi sport turlari bo‘yicha bellashadilar. Qiziqarli o‘tgan tadbirda:

1-O‘rinni Ta’mirlash Qurulish montaj sexi jamoasi
2-O‘rinni Idoraviy Harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati jamoasi
3-O‘rinni Elektr ta’munoti sexi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Musobaqada yaxshi natijalarni ko‘rsatgan jamoalar va ularning a’zolariga korxona rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech