Erta tongdanoq korxonamiz bo'ylab Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari bo'lib o'tmoqda
Hashar - xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlaridan biri. U odamlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi, jamiyatda o'zaro mehr-oqibat, saxovat, muruvvat, mehnatsevarlik muhitini tobora mustahkamlaydi.
Bu yilgi istiqlol bayrami arafasida korxona hamda unga tutash bo'lgan hududlarida tashkil etilgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida o'tkazilmoqda.