Ру O`z En

Yangiliklar

"Ammofos-Maxam" AJ mehnatkashlari ishtirokida konferensiya o'tkazildi.

Joriy yilning 22-iyun kuni korxonaning yig'ilishlar zalida "Ammofos-Maxam" aksiyadorlik jamiyatining yangi mehnat kodeksiga muvofiq 2023-2025-yillar uchun mo'ljallangan Jamoa shartnomasini yangi tahrirdagi loyihasini ko'rib chiqish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha konferensiya o’tkazildi.
Unda "Ammofos-Maxam" AJning Boshqaruv raisi Akobir Toshpo‘lativich hamda mehmon va kuzatuvchi sifatida "Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashidan Ijtimoiy-ximoya masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi N.Muzapparova va Tashkiliy ishlar bo'yicha bosh mutaxassisi F.Soxibovlar ishtirok etdi.
Kun tartibida 2022-yilda Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan o‘zaro majburiyatlarni bajarilish natijalarini sarhisobi va muhokamasi, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish va Jamoa shartnomasining yangi tahririni qabul qilish masalalari ko'rib chiqildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala Kasaba uyushma qo'mitasi raisligiga yangi nomzodlarni ko'rib chiqish masalasi bo'lib o'tdi. Muhokamadan so'ng ko'pchilik ovoz bilan nomzod G'ulomova Malika Muhammadali qizi Kasaba uyushma qo'mitasi raisi etib saylandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech