Ру O`z En

Yangiliklar

"Ammofos-Maksam" AJ yoshlar Ittifoqi va kasaba uyushmasi qo'mitasi hamkorligida "eng malakali yosh kimyoviy tahlil laboranti" kasb mahorat tanlovi tashkil etildi

Tanlovda kimyoviy tahlil laboratoryasining 30 yoshgacha bo'lgan laborantlari o'z kasblaridan kelib chiqqan holda savollarga javob berishib o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Tanlovning keyingi shartida esa tahlillarni turbidimetrik analiz usuli orqali aniqlashdi.

Tanlovda sanitar laboratoriya laboranti Kamola Masidikova, eng yaxshi laborant, deya e'tirof etildi.

Ikkinchi o'rin esa ilmiy tadqiqot kimyo – texnologiya laboratoriyasi laboranti Maxliyo Saribaevaga nasib etdi.

Uchinchi o'ringa ilmiy tadqiqot kimyo – texnologiya laboratoriyasi laboranti Shaxnoza Amonova loyiq ko'rildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech