Ру O`z En

Yangiliklar

Tarmoq korxonalarning bosh muhandislari ishtirokida “Ammofos-Maxam” AJda konferensiya bo’lib o’tdi

    Korxona miqyosida ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish va ekologiya bo‘yicha muammolarni ko‘rib chiqish va ularni ijobiy hal etish, kapital taʼmirlash ishlarini hamkorlikda olib borish, erishilgan yutuqlar bo‘yicha tajriba almashinishi tashkillashtirildi.

    2021-yil 22-oktyabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida konferensiyalar o‘tkazish to‘g‘risida”gi 132-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-iyulida “Ammofos-Maxam” AJda tarmoq korxonalarining bosh muhandislar ishtirokidagi ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish bo‘yicha muammolarini ko‘rib chiqish va ularnii ijobiy hal etish, to‘laqonli kapital ta’mir ishlarini hamkorlikda sifatli olib borish hamda erishilgan yutuqlar bo‘yicha tajriba almashinishni tashkil etish yuzasidan konferensiya o‘tkazildi.

    Mazkur konferensiyada tarmoq korxonalari bosh muhandislari o‘zlarining quyidagi mavzularni yoritgan holda, taqdimotlari bilan qatnashishdi:

  1. 2022 yilning yarim yilligi, 9 oyligi va yil yakuni bilan kutilayotgan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarni yuqori darajada bajarilishi uchun yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;
  2. Korxonalarda mavjud sinov laboratoriyalarini xalqaro standartlar talablariga asosan akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar.

    Shuningdek, “Ammofos-Maxam” AJ mutaxassislari tomonidan yuqoridagi mavzularga qo‘shimcha ravishda “Importdan olib kelinayotgan xomashyo qo‘llanilishining texnologik sxemasi” hamda “Korxonada mavjud fosfogipsning utilizatsiya qilish maqsadida boshqa sohada qo‘llanilishi” mavzularida taqdimotlar tayyorlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech