Ру O`z En

Yangiliklar

“ISO 37001:2016” xalqaro standart talablari asosida o‘qish tashkil etildi.

“Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati tashabbusi asosida jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan mutaxassis va xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “ISO 37001:2016” xalqaro standart talablari asosida o‘qish tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi
PF-6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni talablari ijrosini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish yonalishida boshqaruv tizimini joriy etish yuzasidan xalqaro muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritilishini ta’minlash maqsadida 2023-yil 28-31-avgust kunlari “Cert academy” xalqaro trening kompaniysining xalqaro auditori ishtirokida o‘kish o‘tkazildi.

O‘quv kursi davomida auditor tomonidan xalqaro standart talablari yuzasidan to‘liq va batafsil tushunchalar berilib, xar bir o‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida trening, seminar va testlar o‘tkazildi. Kurs yakunida bilim va ko‘nikmalar sinov asosida baholandi. Barcha o‘quv mashqilotlarida ishtirok etgan xodimlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech