Ру O`z En

Yangiliklar

Universitet vakillari bilan davra suhbati tashkil etildi

“Ammofos-Maxam” AJda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filiali mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida universitet vakillari ta’lim muassasasining tarixi, ilmiy-texnikaviy salohiyati, zamonaviy o‘quv dasturlari va laboratoriya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, universitetda kimyo va texnologiyalar yo‘nalishida yetuk kadrlar tayyorlanayotgani, talabalarga nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, universitetning Toshkent shahridagi filiali faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va xalqaro hamkorlik doirasidagi ishlar haqida ishtirokchilarga keng tushunchalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech