Ру O`z En

Yangiliklar

“Voleybol” sport musobaqasi ishtirokchilari taqdirlandi

«Ammofos-Maxam» AJda ishchi-xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish borasida ayol ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida, "Kimyogar" Sport va Madaniyat majmuasida “Voleybol” sport musobaqasi tashkillashtirildi. Musobaqada

1- o‘rin Boshqarma jamoasiga,
2-o‘rin Ilmiy-tadqiqot kimyo-texnologiya laboratoriyasi jamoasiga,
3- o‘rin Kimyogar Sport va Madaniyat majmuasi jamoasiga nasib etdi.

O‘tkazilgan musobaqada faol ishtirokchilar qatoriga Ammofos-3, EFK-2, EFK-3, Xo‘jalik xizmati va Ta’mirlash qurulish montaj sexi jamoalari kiritildi. Musobaqada qatnashgan ishtirokchilarga korxona rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan iliq tilaklar bildirilib, ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech