Ру O`z En

Yangiliklar

Xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi

“Ammofos-Maxam” АJning “Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash bo‘linmasi” xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, jamiyatning Komplayens xizmati mutaxassisi R.J.Matyoqubov tomonidan 30.09.2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining, hamda Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni va Boshqaruv raisining 2022-yil 1-avgust kunidagi 911-sonli buyrug‘iga asosan jamiyatda qabul qilingan korrupsiyaga qarshi siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati, Sovg‘alarni berish va olish, tadbirlarda ishtirok etish va tashkil etish, vakillik harajatlarini amalga oshirish va mehmondo‘stlik belgilari siyosati, ishga qabul qilishda nomzodlarni tekshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Shu bilan bir qatorda, Komplayens xizmati jamiyatning barcha xodimlari bilan ochiq muloqotni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini, agar biron bir maslahat kerak bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Komplayens xizmatiga murojaat qilish mumkinligini ma’lum qildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech