Ру O`z En

Yangiliklar

Yangi texnologiyalar – barqaror rivojlanish sari qadam!

“Ammofos-Maxam” AJ hududida zamonaviy sulfat kislotasi ishlab chiqarish zavodi ishga tushish arafasida. “Almalyk Sulphuric Acid” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha O‘zbekiston kimyo sanoatining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Loyihaning asosiy ma’lumotlari:

  •  Investitsiya miqdori: 6,4 million AQSh dollari
  •  Yillik quvvati: 66 ming tonna sulfat kislotasi
  •  Mahalliy va xalqaro bozorlar talabini qondirish imkoniyati
  •  Ekologik xavfsiz texnologiyalar asosida ishlab chiqarish
  •  35 nafar malakali texnik va muhandis ish o‘rinlari

Ushbu loyiha mahalliy xomashyodan samarali foydalanish, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish va sanoatimiz raqobatbardoshligini oshirishga katta turtki beradi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech