Mahalliy muvofiqlik xizmatining korruptsiyaga qarshi faoliyati
2023-yil 16-noyabr kuni “Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati tomonidan Namangan viloyat xokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xakimov Anvar Botiralievich ishtirokida Namangan viloyati Kosonsoy tumanining qishloq xo‘jalik maxsulolari etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari raxbarlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidag”gi Qonunlari, hamda “O‘zkimiyosanoat” AJ tizimidagi korxonalarda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni, “O‘zkimiyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens xizmatlari tashkil etilganligi, komplayens xizmatlarining vazifa va funksiyalari, aloqa kanallari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Ma’ruzachi tomonidan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.