“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida mashg‘ulot o‘tkazildi
Bugun “Ammofos-Maxam” AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ–158-son qaroriga muvofiq o‘tkazilayotgan “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Tadbirda korxona rahbarlari, xodimlar hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalari vakillari ishtirok etdi. Mashg‘ulot hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida o‘tkazilib, unda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalari va xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati