“Ammofos-Maxam” AJda kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Tadbir Jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari hamkorligida tashkil etildi.

Davra suhbati davomida kiberxavfsizlikni ta’minlash, axborot resurslarini himoya qilish, kiber tahdidlarning oldini olish hamda xodimlarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish, parollar xavfsizligini ta’minlash, ikki bosqichli autentifikatsiyadan foydalanish, shubhali havola va fayllarni ochmaslik, axborot tizimlarida aniqlangan zaifliklar yoki kiber hodisalar haqida zudlik bilan mas’ul bo‘linmalarga xabar berish zarurligi ta’kidlandi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech