“Ammofos-Maxam” AJda “Rahbar kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–421-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek “Yoshlar oyligi” doirasida, “Ammofos-Maxam” AJda basketbol sport turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi — korxona yoshlari orasidan iqtidorli va salohiyatli yoshlarni aniqlash, shuningdek, faoliyat yuritayotgan sport klublari uchun munosib ishtirokchilarni saralashdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa natijalari:
1-o‘rin — Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati
2-o‘rin — Ta’mirlash qurilish-montaj sexi
3-o‘rin — Harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv otryadi egallashdi
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati