Jamiyatda navbatdagi malaka oshirish imtihonlari o'tkazildi

“Ammofos-Maxam” AJda tasdiqlangan “Ishchi va xodimlarning malaka razryadlarini baholash Nizomi”ga muvofiq, navbatdagi malaka oshirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu jarayonning asosiy o‘ziga xosligi — uning to‘liq inson omilisiz, maxsus kompyuter dasturi orqali o‘tkazilayotganidir. Bu esa natijalarning haqqoniyligini va har bir xodimning bilim darajasi xolisona baholanishini kafolatlaydi.

Jarayonning qonuniyligi va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi mutaxassisi tomonidan doimiy kuzatuv olib borildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech