Korxona yoshlari forumda ishtirok etmoqda

Joriy yilning 7-iyun sanasidan boshlab “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari forumi” o‘z ish faoliyatini boshladi. Mazkur forumda “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatining faol va tashabbuskor yoshlari ham munosib ishtirok etib, o‘zlarining ilg‘or g‘oyalari hamda innovatsion takliflarini namoyon etmoqda.

Forum doirasida ishtirokchilar alohida jamoalarga biriktirilib, kimyo sanoatining bugungi va istiqboldagi rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim loyihalar ustida jamoaviy ish olib bormoqda.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech