Olmaliq shahridagi 22-23-sonli umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilan ochiq muloqotlar bo'lib o'tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-son Farmoni, shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJning 2026-yil 27-fevraldagi 8-son bayoniga 1-ilova bilan tasdiqlangan yo‘l xaritasining 5-bandi va 2026-yil 13-apreldagi topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Ammofos-Maxam” AJ ishchi guruhi tomonidan Olmaliq shahridagi 22-23-sonli umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida bitiruvchi yoshlar hamda o‘quvchilarga kimyo sanoati sohasidagi mavjud yo‘nalishlar, mutaxassisliklar va kelajakdagi mehnat faoliyati imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech