Xodimlarimiz yutuqlari – jamoamiz faxri

Toshkent viloyati “Yil ayoli – 2025” milliy tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Unda korxonamiz vakillari munosib ishtirok etishdi.

Xavfsizlik texnikasi bo‘limi boshlig‘i Rahmonova Shaxlo Safaraliyevna “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominatsiyasida muvaffaqiyatli qatnashdi.

Boshqaruv raisining maslahatchisi Abdukadirova Roxila Mamayusupovna “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyasida viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Ushbu natijalar “Ammofos-Maxam” AJda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlarning amaliy samarasidir.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech