“Ammofos-Maxam” AJda eng yaxshi yosh mutaxassislar aniqlandi!
Yoshlarning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va iste’dodini qo‘llab-quvvatlash maqsadida korxonada “Yilning eng yaxshi yosh mutaxassisi” tanlovlari o‘tkazildi.
Tanlov doirasida quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi:
Eng yaxshi yosh NO‘AvaA chilangari
Eng yaxshi yosh elektr chilangari
Eng yaxshi yosh payvandchisi
Ishtirokchilar nazariy va amaliy shartlar bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etishdi. Ularning ishini hakamlar hay’ati adolatli baholadi.
G‘olib va faol ishtirokchilar Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda korxona rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati