Davra suhbati bo‘lib o‘tdi

“Ammofos-Maxam” AJ Komplayens xizmati tomonidan Yangiyer tumanida fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, “O‘zkimiyosanoat” AJ tizimidagi ichki me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, komplayens xizmatlarining vazifalari, aloqa kanallari va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi haqida tushuntirishlar berilib, ishtirokchilar savollariga javob qaytarildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech