Maktabi bitiruvchilari bilan uchrashuv

Bugun “Ammofos-Maxam” AJ boshqaruv raisi maslahatchilari ishtirokida Olmaliq shahridagi 20-son umumta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbir 2026-yil 24-fevral kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoni hamda “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan yo‘l xaritasining 5-bandi ijrosini amalga oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning kelajakdagi kasb tanlovi, sohaga bo‘lgan qiziqishlari hamda korxonada mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech