“Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Korxona sex va bo‘limlari o‘rtasida mehnat jarayonida inson hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash, ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur o‘yin davomida ishtirokchilar ish joylarida xavfsizlikni ta’minlash, me’yoriy-texnik hujjatlar mazmun-mohiyatini anglash hamda amaliyotda qo‘llash bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
O‘yin yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Bug‘-qozon sexi
2-o‘rin — Kompressor stansiyasi
3-o‘rin — EFK-2 sexi
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati